Samarqandda “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi yakunlandi

Samarqand shahrida mini futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) boʻyicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi yakunlandi. Musobaqada Samarqand viloyatdagi boshqarma, korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlar ishtirok etishdi.

Maʼlumot uchun, mini futbol musobaqasida 36 ta, voleybolda esa 13 ta jamoa gʻoliblik uchun bahslarga kirishgan edi.

Mini futbolning final bahsida Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi jamoasi Samarqand chet tillar instituti jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 3-oʻrin viloyat “Suvoqava” DUK jamoasiga nasib etdi.

Voleybolning final bahsida esa Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Paxtachi tuman kengashi jamoasi 1- oʻrinni, Samarqand davlat universiteti jamoasi 2- oʻrinni, Sportning oʻyin turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi jamoasi 3- oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Yakunda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169