Aksiya doirasida yig‘ilgan pul mablag‘lari sobiq sportchining hisob raqamiga o‘tkazib berildi

Joriy yil 5-oktabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan birinchi Xalqaro sport sammitida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga o‘zbek jang san’ati bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, jahon chempioni, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining sobiq xodimi  va ayni vaqtda avtohalokat sababli to‘shakka mixlanib qolgan Shuhratbek Suvonovga yordam aksiyasini uyushtirish bo‘yicha taklif bildirilgandi. 

Vazirlik tomonidan o‘tgan vaqt mobaynida bu borada izchil ishlar amalga oshirilib, sobiq sportchining davolanishi uchun 23 282 000 so‘m yig‘ildi va sportchining hisobiga o‘tkazib berildi.

Ma’lumot uchun, Shuhratbek Suvonov 1989 yil 2 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. Shuhrat o‘zbek jang san’ati bo‘yicha 5 karra jahon chempioni hisoblanadi. O‘z vaqtida O‘zbekiston bayrog‘ini jahon arenalarida baland ko‘targan, mamlakatimizda sportni rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan edi.

2014-2016 yillarda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘amasida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2016 yil iyul oyida Buxoro viloyatida o‘tkazilgan respublika sport musobaqasidan qaytayotganida Jizzax viloyatida avtohalokatga uchragan. Natijada Shuhrat Suvonovning umurtqa pog‘onasi faoliyatini belgilab beruvchi miya tomirchalari ezilishi natijasida falaj holatga kelib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamyurtimizning to‘liq sog‘ayib ketishi uchun unga kerakli yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169