Shaxmat: oʻquvchilar oʻrtasida Respublika chempionati boʻlib oʻtmoqda

Ayni kunlarda umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida shaxmat boʻyicha Respublika chempionatining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Musobaqa Xalq taʼlimi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari tomonidan tashkil etilgan boʻlib, bahslar xalq taʼlimi tasarrufidagi 102-sonli zaif eshituvchi oʻquvchilarga moʻljallangan maxsus maktab-internatida oʻtkazilmoqda.

Mazkur chempionatning maktab, tuman (shahar) va viloyat bosqichlarida jami 800 734 nafar (shundan 389 341 nafari qizlar), shuningdek, vazirlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarining 454 nafar (shundan 226 nafari qizlar) oʻquvchi ishtirok etdi.

Ushbu bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan shaxmatchilar Respublika chempionatining yakuniy bosqichida ishtirok etmoqda. Chempionatning final bosqichida 6 ta yosh toifasida (7-17 yoshdagi) 180 nafar oʻquvchi shaxmatning blis, rapid hamda standart yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblik uchun dona surishmoqda.

Respublika chempionati joylarda sport inshootlaridan samarali foydalanish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, oʻquvchilar oʻrtasida doʻstona aloqalarni yanada kuchaytirish hamda shaxmatni oʻquvchi yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Chempionat 5-dekabrga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169