Andijon shahrida kurash bo‘yicha 2004-2005 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkazildi. Musobaqada Andijon, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan jami 150 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi.
Ikki kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Andijon viloyati yoshlari umumjamoada 1-o‘rinni, Surxondaryo va Navoiy yoshlari keyingi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Chempionatning g‘olib va sovrindorlari Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O‘zbekiston kurash federasiyasi va xomiylar tomonidan ajratilgan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
07.12.2019 | 15:26