Hamdardlik bildiramiz

Shafqatsiz oʻlim oʻzbek sporti fidoyilaridan biri, yurtimizda nogiron-amputantlar futbolini ommalashtirish yoʻlida jonbozlik koʻrsatgan inson Rustam Kariyevni 68 yoshida oramizdan olib ketdi.

ustam Kariyev 1951-yil 15-yanvarda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, harbiy sifatida faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha koʻtarilgan.

1988-yilda esa Afgʻonistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron boʻlib qaytgan sobiq harbiylardan iborat “Matonat” nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998-yilda jamoaning nomi “Baynalminal”ga oʻzgartirildi.

Shu vaqt davomida “Baynalminal” jamoasi 11 karra Rossiya ochiq chempionati gʻolibi, koʻp bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini “Baynalminal” jamoasi aʼzolari tashkil etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 4 karra jahon chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritadi.

Rustam Kariyevning mamlakatimizda nogiron-amputantlar sportini rivojlantirish yoʻlidagi xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib ragʻbatlantirilgan holda “Doʻstlik” ordeni va qator yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169