Poytaxtimizda “Gimnastrada” sport festivali oʻtkazildi

“3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahar, Mirobod tumanidagi yengil atletika va sport oʻyinlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida imkoniyati cheklangan bolalar oʻrtasida “Gimnastrada” sport festivali oʻtkazildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasining poytaxtimizdagi 100-sonli tayanch-harakati nuqtalarida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatda “Bolalar bizning xazinalarimizdir” nomli maʼrifiy-xayriya tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, senator Elmira Bositxonova, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimi va boshqalar ishtirok etdi.

“Gimnastrada” sport festivali imkoniyati cheklangan bolalarni sportga keng jalb etish, ularning salomatligini yaxshilash maqsadida oʻtkazildi. Bu esa oʻz navbatida ularni oʻziga ishonishiga, qatʼiyat, maqsad sari dadil intilishiga katta yordam beradi.

Mazkur festivalda Toshkent shahridagi maxsus maktab internatlari hamda muruvvat uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoalar (har bir jamoada 10-15 nafardan ishtirokchi) qatnashdi.

Maʼlumot uchun, “Gimnastrada” sport festivali respublikamizning barcha viloyatlarida boʻlib oʻtadi. Musobaqa yakunida ishtirokchi va gʻoliblarga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining nominatsiyalar boʻyicha diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

“Bolalar bizning xazinalarimizdir” nomli maʼrifiy-xayriya tadbirda imkoniyati cheklangan bolalarga manzilli yordam berish, maktab va ota-ona, jamoatchilik oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, oʻquv muassasasiga jamoat tashkilotining xayriya yordamini koʻrsatish boʻyicha yangi tashabbusni ijroga yoʻnaltirish va muntazamlik kasb etgan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan ham iborat.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169