Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakili Koreyadagi oʻquv kursida ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi hamda Koreya Xalqaro hamkorlik boʻyicha agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda Koreya Respublikasida oʻquv kursi boʻlib oʻtmoqda. Mazkr oʻquv kursi “Oʻzbekiston yuqori malakali rahbar hodimlarining yetakchilik salohiyatini oshirish” mavzusida tashkil etildi.

Oʻquv kursida yurtimizdagi koʻplab tashkilotlarning rahbar hodimlari qatnashmoqda. Shuningdek, unda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi F.Boboyev xam ishtirok etmoqda.

Ushbu oʻquv dasturining asosiy maqsadi har bir ishtirokchining siyosiy salohiyatini oshirishdir. Shuningdek, ushbu dasturning asosiy elementi bu bir qancha muammolarning sabablarini bartaraf etishda yaxshiroq strategiyani ishlab chiqishdan iborat.

Ushbu dasturda loyihalashda samarali oʻqitish usuli, markazlashtirilgan oʻqitish uslubi, PBL oʻquvchining muammoni hal qilish jarayoni bilan bogʻliq kurslar oʻtiladi. Shuningdek, 1 ta ish boʻyicha hisobot ustida birgalikda ishlash va bosqichlarda muammoning yechimini topish uchun guruh bilan ishlash kabilar oʻrin olgan.

Maʼlumot uchun, “Oʻzbekiston yuqori malakali rahbar hodimlarining yetakchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi oʻquv kursi 6-dekabrga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169