“Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Kubogi-2019” musobaqasi boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Urganch shahridagi“Yoshlik” sport majmuasida minni futbol boʻyicha “Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Kubogi-2019” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi apparati va boshqarmaning shahar va tumanlardagi boʻlimlari, sport maktablari hamda maktab-internatlarining rahbar xodimlari va metodistlardan tashkil topgan 14 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa olimpiya tizimida tashkil etildi. Musobaqaning asosiy bahslaridan biri, 3-oʻrin uchun kechgan uchrashuvda Urganch va Shovot tumani jamoalari oʻzaro bahs olib borishdi. Oʻyinda urganchliklar 4:2 hisobida gʻalaba qozonib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Hal qiluvchi oʻyinda esa “Yoshlik” sport majmuasi jamoasi va Boshqarma apparati jamoasi oʻzaro bahs olib borishdi. Qiziqarli va keskin kechgan oʻyinning asosiy vaqtida gʻolib nomi aniqlanmadi - 4:4. Penaltilar seriyasida esa omad Boshqarma apparati jamoasiga kulib boqti-3:2. Ular ilk bor oʻtkazilgan “Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Kubogi” musobaqasining sohibiga aylanishdi.

Musobaqaning yopilish marosimida gʻolib va sovrindor jamoalar kubok, diplom, medal va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169