Jismoniy tarbiya va sport vazirligi logotipini yaratish boʻyicha tanlov oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligining logotipini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Tanlov bir bosqichda oʻtkazilib, unda yuridik shaxslar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirok etishmaydi.

Tanlovga loyihalar quyidagi shaklda taqdim etiladi:

har bir ishtirokchi tanlovda cheklanmagan miqdorda loyihalar taqdim qilishi mumkin;

logotip loyihasi formati -10 Mb gacha, ikki koʻrinishda – JPG va PSD formatida elektron variantda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuboriladi.

Tanlov loyihalari quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100017, Toshkentda shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi 2-uy;

Telefon: (+99871) 239-24-37, e-mail: info@minsport.uz.

Tanlovga yuborilgan loyiha Jismoniy tarbiya va Sport vazirligi faoliyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechim va badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yozuvi boʻlishi shart.

Tanlovga loyihalar 2019-yilning 1-dekabridan 15-dekabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Tanlov gʻolibi 2019-yil 20-dekabrda eʼlon qilinadi.

Hakamlar hayʼati tanlovning asosiy talablariga javob bermaydigan loyihalarni koʻrmaslikka haqli. Hayʼat aʼzolarining har biri bitta ovoz berishga ega. Agar hayʼat aʼzolarining ovozi teng boʻlsa, komissiya raisi yakuniy ovozga ega boʻladi.

Hakamlar hayʼatining tanlov gʻolibini mukofotlash toʻgʻrisidagi qaroridan soʻng tanlov natijalari vazirlik rasmiy sayti va turli OAV orqali eʼlon qilinadi.

Tanlov natijalariga koʻra gʻolib ishtirokchiga 10 000 000 (oʻn million) soʻm miqdoridagi pul mukofoti beriladi. Shunday ekan, tanlovda faol ishtirok eting va gʻolib boʻling.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
31.03.2020 | 14:47
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169