Dzyudo: “Katta dubulgʻa” turnirida 2 nafar vakilimiz sovrindor boʻldi

Yaponiyaning Osaka shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻz yakuniga yetdi. Bugun boʻlib oʻtgan ogʻir vaznli polvonlar bahsida 2 nafar vakilimiz 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

-90 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan Davlat Bobonov Olimpiada reytingi uchun 700 reyting ochkosiga ham ega boʻldi. Bobonov final yoʻlida 2015-yilgi jahon chempioni janubiy koreyalik Dongxan Gvak va amaldagi chempion gollandiyalik Noel Vent End kabi dzyudochilarni magʻlub etishning uddasidan chiqdi. Afsuski, vakilimiz oltin medal uchun kechgan kurashda gruziyalik Beka Gviniashviliga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

+100 kilogramm vazn toifasida Alisher Yusupov shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi. Yusupov bronza medali uchun kurashda musobaqa mezbonlaridan biri Daigo Kagavadan ustun keldi. Taʼkidlash joiz, bu Bobonov va Yusupov uchun faoliyatida “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqalardagi dastlabki medal boʻldi.

Afsuski, yana bir vakilimiz Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) bronza medali uchun kurashish bosqichida yaponiyalik Kentaro Iidaga magʻlub boʻldi. Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida 5-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

10 ta oltin, 8 ta kumush va 15 ta bronza medallarini jamgʻargan Yaponiya terma jamoasi esa bu borada barcha ishtirokchilarni katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169