Shaxmatchilarimiz xalqaro musobaqada gʻolib boʻlishdi

Joriy yilning 16-22-noyabr kunlari Turkiyaning Mersin shahrida “MERSİN METROPOLITAN MUNICIPALITY 4th INTERNATIONAL CHESS TOURNAMENT” turniri boʻlib oʻtdi. Turnirda Oʻzbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubbayev, Alixan Guseynov, Halim Toʻrayev hamda qizlardan Sevara Boymuratova himoya qildi.

Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga koʻra, mazkur musobaqada 15 davlatdan 81 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Shuni ham taʼkidlash kerakki, ular orasida 13 nafar grossmeyster hamda 15 nafar xalqaro sport ustalari ham dona surishdi. Turnir shveysarcha tizimda, 9 turdan iborat boʻldi hamda har bir partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt berildi.

Kuni kech oʻz nihoyasiga yetgan musobaqada xalqaro grossmeysterimiz Abdusattorov Nodirbek 9 ochkodan 7 ochko jamgʻarib turnir gʻolibiga aylandi. Boymuratova Sevara esa 5,5 ochko bilan qizlar oʻrtasida chempion boʻldi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169