Farg'ona viloyatiga amalga oshirilgan media-turning birinchi kuni yakunlandi

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari uchun amalga oshirilgan media-turning birinchi kuni yakunlandi. 

Jurnalistlar dastlab, Marg'ilon poyezd vokzalida viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan jurnalistlar uchun tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.

Shundan so'ng, ommaviy axborot vositalari xodimlari Marg'ilon shahrida joylashgan 2-sonli bolalar va o'simlar sport maktabida o'tkazilgan boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida tashkil etilgan O'zbekiston kubogi guvohiga aylanishdi va maktab faoliyati bilan tanishishdi.

Keyingi manzil esa Quvasoy tumanida joylashgan "Vodiy tulporlari" sport majmuasi bo'ldi. U yerda ommaviy axborot vositalari xodimlari majmuadagi ot zavodi faoliyati, sportchilarning mashg'ulotlari va ko'rgazmali chiqishlarga guvoh bo'lishdi. 

Kun so'nggida esa jurnalistlar Farg'ona shahridagi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi huzuridagi "Ali" boks klubi faoliyati bilan ham tanishib, sportchilarning mashg'ulot olib borish jarayonlarini kuzatishdi. 

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169