Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida o'quv seminari o'tkazildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilinganligi  munosabati bilan, ushbu qarorni filial tinglovchilariga batafsil tanishtirish va qaror yuzasidan savollarga atroflicha javob berish uchun markaz professor-o‘qituvchilar, direktor o‘rinbosari, soha mutaxassislari hamda tinglovchilar bilan birgalikda o‘quv seminari o‘tkazildi. 

Seminarda markaz direktori Tursunaliyev Ilhom Ahmedovich yangi qaror O‘zbekistonda trenerlik faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma berish mexanizmini soddalashtirish, sport turlari bo‘yicha trenerlar mehnatiga haq to‘lashning bazaviy miqdorini yanada yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Seminarda barcha tinglovchilar faol qatnashib, qaror bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, shuningdek  seminar ishtirokchilari yangi qaror bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini bildirib o‘tishdi. Respublika rahbariyatiga o‘z tashakkurlarini bildirishdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169