O‘zDJTSU hamda Nepal og‘ir atletika terma jamoasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ma’lumki, so‘nggi yillarda o‘zbek og‘ir atletika maktabi sezilarli darajada yuksalishga erishdi. O‘zbekistondan Osiyo, jahon va Olimpiya o‘yinlari chempionlari yetishib chiqmoqda. Xorijiy mamlakat og‘ir atletikachilari bizning polvonlar bilan hamkorlikda mashg‘ulot olib borish, o‘zaro tajriba almashish uchun yurtimizga kelishmoqda. Oxirgi 2-3 yillikda Turkiya, Belgiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Avstraliya, Slovakiya, Qozog‘iston va Turkmaniston terma jamoasi a’zolari o‘quv-mashg‘ulot olib borish uchun yurtimizga tashrif buyurdilar.

Ana shunday hamkorlik aloqalarining navbatdagisi og‘ir atletika bo‘yicha Nepal terma jamoasi vakillari bilan ham o‘rnatildi. Shu kunlarda Nepal terma jamoasi yurtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishmoqda. Ushbu yig‘in doirasida, bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Nepal  terma jamoasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi hamda  master-klas tashkil etildi.

Tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi vakillari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori, professor R.Matkarimov, professor-o‘qituvchilar va talabalar, Nepal og‘ir atletika terma jamoasi a’zolari, murabbiylar ishtirok etishdi. 

Nepal terma jamoasi murabbiyi Dinesh Bhusel esa O‘zbekiston haqidagi taassurotlari haqida gapirdi. 

“To‘g‘risi, uchrashuv bunday saviyada tashkil etishini kutmagandim. O‘quv-mashq mashg‘ulotlari yuksak darajada o‘tmoqda. Bizga barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. O‘zbekistonga kelganimdan xursandman. Mamlakatingizda insoniylik, mehr-oqibat birinchi o‘ringa qo‘yilar ekan” - dedi nepallik murabbiy.

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Nepal og‘ir atletika terma jamoasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, endi tomonlar birgalikda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlar olib boradilar, o‘zaro fikr almashadilar. 
Uchrashuv yakunida Nepallik mehmonlar uchun esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

So‘ngra universitetning og‘ir atletika zalida har ikki tomon sportchilari o‘rtasida master-klass ko‘rinishidagi o‘rtoqlik bahslari tashkil qilindi. Unda atletlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.08.2020 | 10:31
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169