Zoʻravon trener ishdan boʻshatildi

Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yil 23-sentyabr kuni kurash boʻyicha trener Abbos Hasanovning 21-sentyabr kungi mashgʻulotlarga sababsiz kelmagan oʻquvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borgan video tarqalib ketdi. Unda A.Hasanov ushbu jarayonda shogirdlariga qoʻpol soʻzlar aytib, ularga nisbatan kuch ishlatgan hamda pedagogika etikasiga toʻgʻri kelmaydigan xatti-harakatlarni sodir etganligi aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yilning 11-oktyabrida Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida yigʻilish oʻtkazilgan. Unda trener A.Hasanovning oʻquvchilarga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlganligi hamda kuch ishlatganligi muhokama qilingan. Maktab-internat jamoasi ishtirokida 2019-yil 9-sentyabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda barcha trener va yoʻriqchi-uslubchilarga oʻquvchilar bilan qoʻpol muomalada boʻlmaslik boʻyicha aniq koʻrsatmalar berilgan. Shunga qaramay kurash boʻyicha trener Abbos Xasanov 23-sentyabr kuni 2-17-guruh oʻquvchisi Mahmadulla Mustafoyevni qoʻpol soʻzlar bilan haqorat qilib, unga nisbatan kuch ishlatgan.

Maktab-internatning pedagoglar jamoasi ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda ushbu taʼlim muassasasi direktori X.Saparov mazkur holatni keskin qoralab, bu boshqalarga notoʻgʻri taʼsir qilishini taʼkidlab oʻtgan.

Yigʻilish yakunida A.Hasanovga pedagoglarga xos boʻlmagan xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun intizomiy chora koʻrish belgilandi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan Abbos Hasanovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi berilgandi.

Biroq, mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganidan keyin Surxondaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sodir boʻlgan holat atroflicha oʻrganib chiqildi. Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktorining buyrugʻiga asosan 2019-yil 14-noyabrdan eʼtiboran trener A.Hasanov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
11.08.2020 | 18:27
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169