Oʻzbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga magʻlub boʻldi

Bugun JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonini qabul qildi. 

“Paxtakor” stadionida oʻtgan uchrashuvda hamyurtlarimiz 2-3 hisobida magʻlub boʻlishdi. Xususan, uchrashuvning 16-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochgan boʻlsa, 23-daqiqada Salmon Faraj hisobni tenglashtirdi. Ammo bahsning 56-daqiqasiga kelib, Otabek Shukurov hisobni 2-1 koʻrinishi keltirganiga qaramay, saudiyaliklar uchrashuv soʻnggida yana 2 ta gol urib, gʻalabani ilib ketishdi.

Shu bilan vakillarimiz Jahon chempionatining saralash bosqichida oʻz guruhida 2-oʻringa tushib qolishdi. Endi futbolchilarimiz 19-noyabr kuni Toshkentda Falastinga qarshi maydonga tushishadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169