Bodibildingchilarimiz tantanali ravishda kutib olindi

Janubiy Koreyaning Cheju orolida bodibilding bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston bodibilding federatsiyasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha oliy mahorat maktabi rahbariyati, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

–  Koreyaning Cheju orolidaga musobaqa yuqori darajada o‘tdi. Biz buncha medallarni qo‘lga kiritamiz, deb o‘ylamagandik. Biz Jahon chempionatida 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritdik. Shunday ekan avvalo, mana shunday sharoitlarni yaratib berganlari uchun Prezidentimizga tashakkur bildirmoqchiman. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha oliy mahorat maktabi, fedarasiya rahbariyatiga ham rahmat aytmoqchiman. 

Mazkur Jahon chempionatida jami 44 ta davlat qatnashdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yana shuni ta’kidlamoqchimanki, biz o‘tgan yilgi Jahon chempionatida 4 ta oltin medal bilan cheklangandik va mana bu yil niyat qilganimizdek, natijalarimizda o‘sish ko‘zga tashlandi, – dedi O‘zbekiston bodibilding federasiyasi bosh kotibi Farhod Matkarimov. 

Ma’lumot uchun, 5 – 11 noyabr kunlari o‘tgan musobaqada Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha oliy mahorat maktabi sportchilaridan quyidagilar g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olishgan. 

1. Pavel Umurzakov bodibilding buyicha 100 kg vaznda  3-o‘rin va 40 yoshdan kattalar o‘rtasida  1-o‘rin.

2. Doniyor Hasanov – atlet fizik yo‘nalishi bo‘yicha -182 sm  2-o‘rin.

3. Shamshod Kabulov – atlet fizik yo‘nalishi bo‘yicha +182 sm   3-o‘rin.

4. Yelena Bekirova model-fizik yo‘nalishi bo‘yicha -170 sm 1-o‘rin.

5. Guljahon Turdiqulova model-fizik yo‘nalishi bo‘yicha  + 170 sm 2-o‘rin.

6. Rushana Maksumova model-fizik yo‘nalishi bo‘yicha -165 sm  1-o‘rin va 30 yoshdan kattalar o‘rtasida 1-o‘rin.

7. Angelina Osipyan model-fizik yo‘nalishi yoshlar o‘rtasida 2-o‘rin.

8. Filippov Nikolay sport-fizik yo‘nalishi buyicha +180 sm 1-o‘rin.

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169