Rishod Sobirov yangi lavozimga tayinlandi

Joriy yilning 4 sentyabrida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari mahoratli sportchilarni tayyorlash, iqtidorli yoshlarni topish uchun kuchli seleksiya tizimini yaratish borasida aniq ko‘rsatmalar bergan edi.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizdagi jismoniy tarbiya va sport tizimidagi tashkilotlarda, sport federasiyalarda bu borada zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston kurash federasiyasi  ijroqo‘m a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham bu boradagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Haqiqatan, O‘zbekiston kurash federasiyasi yurtimizda milliy sportimizning rivoji bilangina shug‘ullanmay, chet ellarda O‘zbek kurashining ommaviylashishida muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. Shu ma’noda,  iqtidorli sportchilarni saralash, trener va mutaxassislarning ishga ilmiy va innovasion yondoshuvini to‘la shakllantirish, trener, hakam, sportchi va mutaxassislar faoliyati monitoringini to‘laqonli olib borilishiga erishish, joylarda seleksiya ishlarini zamon talabi asosida tashkil etish federasiyaning eng asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda.

Bugungi kunda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan xalqaro globallashuv sharoitida milliy  qadriyatlarimizni nafaqat yurtimizda, balki jahon maydonida yanada ommalashtirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyatiga mos holda O‘zbekiston kurash federasiyasi xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish davr talabi hisoblanadi.

Shu ma’noda, zamonaviy sportda sohaga yosh, tajribali sportchi-mutaxassislarni jalb etmay turib, tizimga ilmiy yondashuvsiz ma’lum yutuqlarga erishish dargumon. Ijroqo‘m yig‘ilishida bildirilgan fikrlar, takliflar natijasida federasiya tizimida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, dzyudo bo‘yicha uch karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Rishod Sobirov federatsiya raisining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xuddi shuningdek, tajribali mutaxassis, qator xorijiy mamlakatlarda O‘zbek sporti kurash targ‘iboti bilan shug‘ullangan, Tailand, Qatar, Vyetnam, Indoneziya va Turkmaniston davlatlarida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalarining tashkiliy ishlarida bevosita ishtirok etgan, o‘nlab jahon chempionlarining ustozi, xalqaro toifadagi hakam Olim Hayitov federasiyaning Ilmiy kengashiga rais etib saylandi.

Shu o‘rinda aytish joizki, so‘nggi paytlarda nafaqat kurashda, balki boshqa sport turlarida ham sport amaliyoti va ilmiy yondashuv bir biridan ancha ayro bo‘lib kelgandi. O‘zbekiston kurash federasiyasida Ilmiy kengashning joriy etilishi, Rishod Sobirovdek dunyo sportida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan dongdor sportchining milliy sportimizda munosib o‘rin egallashi ishonamizki, kurashning yanada yuksalishiga, soha mutaxassislarining har tomonlama salohiyatli bo‘lishida va eng muhimi, kurashning xalqaro maydonda yanada ommalashishiga xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169