Yana bir para-atletimiz Tokio paralimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida Para atletika bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun musobaqaning ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish turi bo‘yicha final bellashuvlarida hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.97 metr natija bilan musobaqa rekordini kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Shuningdek, u mazkur natijasi bilan kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Safiya Burxanovaning xalqaro musobalarda qayd etgan natijalari haqida qisqacha:

- 2016 yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibasi

- 2017 yilgi Jahon chempionati kumush medali sohibasi

- 2018 yilgi Paraosiyo o‘yinlari chempioni

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169