Sambo: vakillarimiz Janubiy Koreyadagi Jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshladi

Xabaringiz bor, 8 – 10-noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chonju shahrida sambo va jangovar sambo boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻtkazilmoqda.

Dunyoning 86 mamlakatidan kelgan 800 nafar atlet ishtirok etadigan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasidan 21 nafar sportchi oʻz ishtirokini boshladi.

Bugun boʻlib oʻtgan bellashuvlarda vakillarimiz 2 ta kumush va bitta bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu bellashuvlarda jangovar sambo boʻyicha 74 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Istam Kudratov finalda imkoniyatni boy berib, kumush medaliga ega boʻldi. Sambo boʻyicha 100 kg vaznda gilamga chiqqan Ilhomjon Yo'ldoshev yakunda kumush medaliga ega chiqdi. 90 kg vazndagi sportchimiz Neʼmat Yoqubov esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Qayd etish lozim, mazkur turnir Xalqaro sambo assotsiatsiya taqvimidan oʻrin olgan eng muhim musobaqalardan biri hisoblanib, unda dunyoning eng kuchli sportchilari gilamga chiqadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169