Voleybol: hamyurtlarimiz “Toshkent-2019” xalqaro turnirini ishonchli gʻalaba bilan boshladi

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti sport majmuasida voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida “Toshkent-2019” xalqaro turniriga start berildi. Unda Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Qirgʻiziston terma jamoalari gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi.

Dastlab maydonga Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari tushishdi. Qizgʻin kechgan oʻyinda turkmanistonlik voleybolchilar 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Shundan soʻng turnirning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev yurtimizda voleybolni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi:

- Oʻzbekiston hududiga voleybol sporti 1924-25 yillarda kirib kelgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida u shonli taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Ayniqsa, yurtdoshlarimiz orasidan Vera Duyunova, Larisa Pavlova singari Olimpiada chempionlari yetishib chiqqanligi darhaqiqat voleybol yurtimizda ancha taraqqiy etganligidan darak beradi. Bugungi kunda Oʻzbekiston hukumati ushbu sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirish yoʻlida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar oʻrtasida “Bosh vazir kubogi” musobaqalarining oʻtkazilishi ushbu sport turini yurtimizda yanada ommalashtirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston davlat sirki artistlari, shuningdek Oʻzbek jang sanʼati va Turon yakkakurashi toʻgaraklarining tarbiyalanuvchilari oʻz chiqishlari bilan yigʻilganlarni xushnud etdi.

Kunning ikkinchi yarmida maydonda Oʻzbekiston hamda Qirgʻiziston terma jamoalari bahs olib borishdi. Dastlabki partiya murosasiz kurashlar ostida oʻtib, unda 26-24 hisobi bilan hamyurtlarimizning qoʻli baland keldi. Biroq, keyingi partiyalarda vakillarimiz katta ustunlikka erishdi hamda 25-12, 25-17 hisoblarida gʻalabaga erishdi.

“Toshkent-2019” xalqaro turniri

8-noyabr, juma

10:00 Turkmaniston – Tojikiston – 3:0

14:30 Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – 3:0 (26-24, 25-12, 25-17)

9-noyabr, shanba

10:00 Qirgʻiziston – Turkmaniston

14:30 Tojikiston – Oʻzbekiston

10-noyabr, yakshanba

10:00 Tojikiston – Qirgʻiziston

14:30 Oʻzbekiston – Turkmaniston

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169