Faxriy ustozlar duosi – g‘alabaga undaydi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan Chirchiq shahridagi Kimyogarlar madaniyat saroyida “Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan talaba-sportchilarga faxriy ustozlar duosi” mavzuida tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbir keyingi yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan talaba-sportchilarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida uyushtirildi.

Tadbirga O‘zbekiston sport faxriylari kengashi a’zolari, o‘z davrida yuqori sport natijalariga erishgan Olimpiya o‘yinlari, qit’a va jahon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari,  jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali mehnat qilgan sport faxriylari taklif etildi. 

Tadbir davomida O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, og‘ir atletika bo‘yicha Jahon va Yevropa rekordchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, I-darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni sohibi Erkin Karimov kabi sport faxriylari so‘zga olib, navbatdagi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan talaba-sportchilarga qimmatli maslahatlari va zarur tavsiyalarini berdi. 

Tadbir so‘ngida sport faxriylari Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilarga ulkan muvaffaqiyatlar tilab oq fotiha berishdi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169