Dzyudochilarimiz Tbilisidagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazishyapti. Bu haqda Oʻzbekiston  dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu qoʻshma yigʻin Gruziya terma jamoasi bilan hamkorlikda dzyudo akademiyasida tashkil etilmoqda. Mashgʻulotlarni kuniga ikki mahaldan oʻtkazish rejalashtirilgan.

Tbilisi yigʻini 22-24-noyabr kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida oʻtkaziladigan “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Maʼlumot uchun, terma jamoamiz 16-noyabr kuni Gruziyadan yurtimizga qaytib keladi va reja boʻyicha 20-noyabrda Osakaga joʻnab ketadi. Aytish joizki, kunchiqar mamlakatda oʻtkaziladigan turnirda jahon chempionatining kumush medali sovrindori Sharofiddin Lutfullayev ishtirok etmaydi.

Qoʻshimcha qilamiz, mazkur yigʻinda asosiy tarkib bilan birga mamlakat yoshlar terma jamoasi aʼzolari Akrom Boʻronov va Muzaffar Toʻraboyevlar ham ishtirok etyapti. Bosh jamoaga asosiy nomzodlardan boʻlganiga sabab, bu ikki dzyudochimiz bu yil hisobidan oʻtkazilgan musobaqalarda ijobiy natija qayd eta olishdi.

Gruziya yigʻiniga yoʻl olgan delegatsiyamiz tarkibi quyidagicha:

Sharofiddin Lutfullayev

Kemran Nurullayev

Sardor Nurullayev

Shahram Ahadov

Hikmatulloh Toʻrayev

Sharofiddin Boltaboyev

Kamoliddin Rasulov

Davlat Bobonov

Muhammadkarim Hurramov

Bekmurod Oltiboyev

Alisher Yusupov

Akrom Boʻronov

Muzaffar Toʻraboyev

Murabbiylar

Oʻktam Rahmonov

Kamol Murodov

Bekzod Toʻraboyev

Shifokor

Javlon Hasanov

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169