Doniyor Saliyev jahon chempionati rekordini yangilab, Paralimpiya o'yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor bugun para-atletika bo‘yicha Jahon chempionatiga start berildi. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqaning uzunlikka sakrash bellashuvlarida Doniyor Saliyev yurtimiz sharafini himoya qildi.

Hozirgina yakuniga yetgan final bahslarida hamyurtimiz Doniyor Saliyev Para atletika bo‘yicha jahon chempionatining yangi rekordini (7.44 m) qayd etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Shuningdek, ushbu natija sportchimizga kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani taqdim etdi.

Doniyor Saliyevning xalqaro musobalarda qayd etgan natijalari haqida qisqacha: 

2013 yilgi Para atletika bo‘yicha Jahon chempionati (Uch xatlab sakrash) – kumush medal sohibi

2015 yilgi Para atletika bo‘yicha Jahon chempionati (4x100 metrga estafeta yugurish)  – kumush medal sohibi

2016 yilgi Paralimpiya o‘yinlari (4x100 metrga estafeta yugurish) – bronza medal sohibi

2017 yilgi Para atletika bo‘yicha Jahon chempionati (uzunlikka sakrash) – oltin medal sohibi

2018 yil. Paraosiyo o‘yinlari (uzunlikka sakrash) – oltin medal sohibi

2019 yilgi Para atletika bo‘yicha Jahon chempionati (uzunlikka sakrash) – oltin medal sohibi

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169