Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xodimi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida tashkil etilgan o‘quv-seminarda ishtirok etdi

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Buyuk Britaniya ekspertlari ishtirokida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat organlari hamda tashkilotlarining matbuot xizmatlari xodimlari uchun kommunikasion imkoniyatlarni oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Otabek Eshmamatov ham ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerak, mazkur o‘quv-seminar joriy yilning 23-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, Buyuk Britaniya Birlashgan hamda Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati o‘rtasida imzolangan anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida tashkil etildi.

O‘quv-seminar doirasida ekspertlar Buyuk Britaniyaning idoralararo va strategik kommunikasiyalar sohasi, turli axborot kompaniyalarini tashkil etish, OAV bilan ishlash va media rejalashtirish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Bu kabi o‘quv-seminarlar mamlakatimiz davlat organlari hamda tashkilotlarining matbuot xizmatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169