Shaxmatchilarimiz Butunjahon Shaxmat olimpiadasida 2-o‘rinni egallashdi

Joriy yilning 28-oktabr – 6-noyabr kunlari, Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha bo‘lganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 

Yurtimiz sharafini Xalqaro toifadagi grossmeysterlar Abdusattorov Nodirbek, Sindarov Javohir, FIDE sport ustasi Kasimov Ali, Madaminov Muhiddin, Xalqaro toifadagi sport ustasi Omonova Umida himoya qilishdi hamda turnirda qatnashgan 250 ortiq ishtirokchi orasida jamoaviy hisobda faxrli 2 - o‘rinni egallashdi.

16 yoshgacha bo‘lganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi 9 turdan iborat bo‘lib, shveysarcha tizimda bo‘lib o‘tadi. 9 tur natijasiga ko‘ra, hamyurtlarimiz 15 ochko jamg‘arishdi. Birinchi o‘rinni Ozarbayjon terma jamoasi 16 ochko bilan, 14 ochko bilan Belarus termasi uchinchi o‘rinni egallashdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169