Oʻzbekiston voleybol federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining anjumanlar zalida Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik mutasaddilari hamda federatsiyaning ijroqoʻm aʼzolari ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining 11 kishidan iborat ijroiya qoʻmitasi aʼzolaridan 9 nafari hozir boʻldi. Kvorum aʼzolari sonining yetarli ekanligi esa Konferensiya qonuniy ravishda oʻtganligini anglatadi.

Konferensiya kun tartibidan uchta masala oʻrin olgan edi:

1. Federatsiyaning 2018-2019-yillardagi faoliyati yuzasidan hisoboti;

2. Federatsiyaga yangi prezident saylash;

3. Turli masalalar.

Kun tartibiga kiritilgan birinchi masala boʻyicha Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi ijrochi direktori Farhod Alimovning hisoboti tinglandi. Maʼruzachi oʻz nuqtida oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlarga alohida toʻxtalib, sohada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan ham koʻz yummadi.

Konferensiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Shu kungacha federatsiya prezidenti lavozimi vakant boʻlib turganligi sababli Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Daniyar Burnashev ushbu lavozimga Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev nomzodini ilgari surdi. Ovoz berish jarayonida nomzod bir ovozdan maʼqullandi hamda Dilmurod Hamidullayevich Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.

Yigʻilishda soʻz olgan Dilmurod Nabiyev voleybol mamlakatimizda keng ommalashgan va eng sevimli sport turlaridan biri sanalsa-da, biroq uning rivojlanish darajasi boshqa oʻyin turlari bilan solishtirganda sezilarli darajada ortda qolayotganini keskin tanqid qildi va endilikda barcha bir yoqadan bosh chiqargan holda ushbu Olimpiya sport turini yangi bosqichga olib chiqish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.

Shuning bilan Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi oʻz ishini yakunladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169