Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning trenerlari mukofotlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 25-noyabrdagi “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-4056-son Farmoni hamda “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3196-son qaroriga asosan jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlarning har biriga bir martalik pul mukofotlarini berish haqida”

2019-yil 29-oktyabrdagi 896-f-son farmoyish ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tadbir tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari, mukofotlangan sportchi va murabbiylarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi A.Abduvohidov jahon arenalarida yuksak natijalar qayd etib kelayotgan sportchilarimizni mukofotlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoyishini oʻqib eshittirdi.

Farmoyishga asosan sportning Olimpiya va paralimpiya turlari, jumladan joriy yil davomida parapauerlifting (2019-yil 12-20-iyul, Qozogʻiston), eshkak eshish (2019-yil 21-25-avgust, Vengriya), dzyudo (2019-yil 25-31-avgust, Yaponiya), boks (2019-yil 6-22-sentyabr, Rossiya) hamda sport kurashlari (2019-yil 14-22-sentyabr, Qozogʻiston) boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi sportchilarga hamda ularning trenerlariga bir marta toʻlanadigan pul mukofotlari tantanali topshirildi.

Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli – boks boʻyicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Zoirov Shahobiddin Shokirovich – boks boʻyicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Mirzaxalilov Miraziz Mirzakarim oʻgʻli – boks boʻyicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Mirzayeva Shaxnoza Shokir qizi – eshkak eshish boʻyicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Vardanyan Aram Simonovich – yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Kuziyeva Roʻza Rashidovna – parapauerlifting boʻyicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Lutfullayev Sharofuddin Rustamovich – dzyudo boʻyicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Roʻzmetov Dilshodbek Yusupbay oʻgʻli – boks boʻyicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Assakalov Rustam Sixatbiyevich – yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay oʻgʻli – yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Boturov Bobo-Usmon Shamsutdin oʻgʻli – boks boʻyicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Guliyev Artur Marlenovich – eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Zokirova Nilufar Obidjon qizi – eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Mamadaliyev Elyor Muhammadjonovich – eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Rahimov Hasanboy Ahmadjonovich – erkin kurash boʻyicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Rahmatova Dilnoza Bakir qizi – eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari.

Shuningdek, ushbu sportchilarning trenerlari, jumladan, Kabinov Istam Ashurovich, Erkayev Bahodir Turgʻunovich, Qilichev Toʻlqin Maxmurovich (barchasi boks), Karmeyev Artyom Ravilyevich (eshkak eshish) jahon chempionlarini tayyorlaganligi uchun 6 000 AQSH dollari, Qilichev Farrux Komilovich (boks), Siddiqov Isroil Ismoilovich (yunon-rum kurashi), Toʻraboyev Bekzod Saitqulovich (dzyudo) hamda Umurzoqov Fazliddin Abdulboqiyevich (parapauerlifting) jahon chempionatlarining kumush medali sohiblariga ustozlik qilgani uchun 3 000 AQSH dollari, Ahmedov Burxon Bahromovich (boks), Ponomaryov Aleksandr Viktorovich (eshkak eshish), Mirzadiyorov Rustam Islomovich (eshkak eshish), Roʻziqulov Ravshan Raxmatulloyevich (yunon-rum kurashi) hamda Hikmatov Olimjon Azizovichlar (erkin kurash) esa jahon chempionatlarining bronza medali sohiblarini tarbiyalagani uchun 3 000 AQSH dollari miqdoridagi bir marotaba toʻlanadigan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Biz ushbu mukofotlarga sazovor boʻlganligi bilan barcha sportchi hamda trenerlarni samimiy muborakbod etamiz hamda ulardan kelgusida yana ham ulkan gʻalabalarni kutib qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169