Jahon chempionlari AOKAda yoxud ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish masalasi muhokama markazida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Omilovich Kasimov 2019-yil 4-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan “2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish boʻyicha olib borilgan ishlar natijadorligi va bu borada amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar"ga bagʻishlangan videoselektor majlisida turli vazirlik va idoralar, xususan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi oldiga qoʻyilgan aniq vazifalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2019-yil 4-sentyabr kuni oʻtkazilgan majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qisqagina maʼlumot bersak. Majlis bayonida 51 ta vazifa koʻrsatib oʻtilgan va ushbu vazifalarning barchasi oʻz vaqtida bajarib borilmoqda. Bu topshiriqlarni biz sport sohasidan kelib chiqqan holda 3 ta yoʻnalishga boʻlib olganmiz. Bu 2020-yilda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida oʻtadigan olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonida amalga oshirib boriladigan ishlar, ommaviy sportni rivojlantirish, sportchilarni saralash-seleksiya ishlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Tokioda oʻtadigan Olimpiya oʻyinlari boshlanishiga qisqa muddat qolyapti. Keyingi yil iyul oyida boshlanadigan musobaqaga tayyorgarlik holatini koʻrib chiqish va tezkor chora-tadbirlarni belgilab olish va Respublikadagi barcha vazirlik idora va tashkilotlar bilan birgalikda ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik koʻrayotgan sportchilarga zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularni kerak boʻlsa, otaliqqa olish, sport federatsiyalariga vazirlik va idoralarni masʼul qilib belgilash, ularni farmokologik tomondan qoʻllab-quvvatlash, hattoki psixolog, diyetolog kabi lavozimlarni joriy etishgacha boʻlgan masalalalar muhtaram Prezidentimiz huzurida koʻtarilgan. Bu yerdagi aksariyat sportchilar, mutaxassislarimiz ushbu majlisda ishtirok etishdi va Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan sport sohasida har bir detalgacha boʻlgan masalalarni davlat darajasida koʻtarilgani va ijobiy hal etilgani albatta biz sport ahlini xursand qilmasdan qolmadi. Oʻsha kundan keyin hammamiz sezyapmizki, barcha tashkilotlarda sportga boʻlgan eʼtibor, munosabat tubdan oʻzgardi. Bunga esa sportchilarimiz ham yuqori natijalar bilan munosib javob qaytarishmoqda, – dedi Oybek Omilovich oʻz soʻzida.

Tadbir davomida Tokio-2020 olimpiadasiga tayyorgarlik jarayoni hamda sport mutaxassislarini tayyorlash masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, tadbir soʻngida mutasaddilar jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi. Bundan tashqari, anjumanda xalqaro maydonda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan sportchilar ham soʻzga chiqib, ularga qaratilayotgan yuksak eʼtibordan mamnun ekanliklari va oldinda turgan musobaqalarda yanada yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlarini bildirishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169