Sport mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida jahon chempionlari ham qatnashadi

Ertaga, yaʼni 1-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida matbuot anjumani oʻtkaziladi. Anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 4-sentyabr kuni oʻtkazilgan “2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish boʻyicha olib borilgan ishlar natijadorligi va bu borada amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar toʻgʻrisida”gi 36-sonli videoselektor majlisi bayonida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga bagʻishlanadi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi mutasaddilari, shuningdek 2019-yilda Olimpiya turlari boʻyicha jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Oʻzbek sport mutasaddilari hamda dovrugʻi dunyoga doston boʻlayotgan Bahodir Jalolov, Shaxobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov singari atletlarimiz qatnashadigan matbuot anjumani oʻylaymizki hech kimni befarq qoldirmaydi. Sport sohasida qalam tebratayotgan barcha jurnalistlarni matbuot anjumanida kutib qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169