“Paxtakor” 12-marta Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi

Toshkentning “Lokomotiv” stadionida Oʻzbekiston kubogi finali oʻtkazildi. Bu safar ham oʻtgan yilgi finalchilar, “Paxtakor” hamda AGMK klublari gʻoliblik uchun maydonga tushishdi.

Koʻplab futbol muxlislari kutishganidek, “sherlar” hujumlardagi faolligi bilan oʻyinda ustunlik qildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda “Paxtakor” AGMK klubi darvozasiga javobsiz 3 ta toʻp kiritdi. Ushbu oʻyin Dragan Cheran benifisiga aylandi desak adashmagan boʻlamiz chunki, oʻyindagi barcha gollarga bolqonlik hujumchi mualliflik qildi.

Shu tariqa “Paxtakor” klubi raqiblarini yirik, 3:0 hisobida magʻlub etib, 12-marta Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. Qayd qilish joizki, bu oʻyin “sherlar” uchun 15-final hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yilgi finalda ham shu jamoalar maydonga tushishgan va yakunda AGMK klubi “Paxtakor”ni 3:1 hisobida magʻlub etgan edi. Shota Arveladze shogirdlari bugungi gʻalabasi bilan oʻtgan yilgi magʻlubiyati uchun revansh oldi.

Oʻzbekiston kubogi. Final

26-oktyabr, Toshkent shahri, “Lokomotiv” stadioni

PAXTAKOR (Toshkent) – AGMK (Olmaliq) 3:0

Gollar: Cheran (31, 61 pen, 79)

Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent)

Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent)

Komissar: Aleksandr Davidenko

Paxtakor: Eldor Suyunov, Marko Simich, Sherzod Aʼzamov, Farruh Sayfiyev (Vladimir Kozak, 86), Xojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxoʻjayev (Yegor Krimes, 89), Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Marat Bikmayev, 80).

AGMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Bobur Yoʻldoshev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Dilshod Joʻrayev, Mirjamol Qosimov (Jasur Umarov, 46), Erkin Boydullayev, Elguja Grigalashvili (Sanʼat Shixov, 63), Murod Toshmatov, Shahzod Nurmatov (Jasur Hakimov, 73).

Ogohlantirishlar: Alijonov (79), Shorahmedov (74), Sayfiyev (74)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169