Diqqat, eʼlon !

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 4-sentyabrda oʻtkazilgan 36-sonli videoselektor majlisi bayoniga muvofiq, Olimpiya sport turlari boʻyicha Respublika va xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor (1-2-3-oʻrin) boʻlgan sportchi-oʻquvchilar uchun oliy taʼlim muassasalariga (Sogʻliqni saqlash sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari bundan mustasno) qoʻshimcha davlat granti asosida imtiyozli ravishda imtihon sinovlarisiz qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Respublika oliy taʼlim muassasalariga imtiyoz asosida qabul qilinishiga talabgor sportchilar toifasiga oʻrta (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini bitirganiga 3 yildan ortiq muddat boʻlmagan hamda soʻnggi uch yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida oʻtkazilgan respublika va xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni (1, 2, 3-oʻrin) qoʻlga kiritgan fuqarolar kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining joylardagi hududiy organlari imtiyozga ega sportchilar roʻyxatini shakllantiradi va vazirlikka taqdim etadi. Imtiyozga ega sportchilar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining joylardagi hududiy organlariga ariza va hujjatlarini 2019-yilning 5-noyabriga qadar topshirishi mumkin.

Imtiyozga ega sportchilar vazirlikning joylardagi hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

Jismoniy tarbiya va sport vaziri nomiga ariza (zaxira sifatida 2 ta oliy taʼlim muassasi hamda taʼlim yoʻnalishi va tili ham aniq koʻrsatilishi shart);

fuqarolik pasporti nusxasi yoki ichki ishlar boʻlimlari tomonidan berilgan 09-shakl boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma;

pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;

umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) nusxasi;

respublika va xalqaro sport musobaqasi sovrindori (1, 2, 3-oʻrin) diplomi;

respublika va xalqaro sport musobaqasi buyrugʻidan koʻchirma;

respublika va xalqaro sport musobaqasi nizomi;

respublika va xalqaro sport musobaqasi bayonnomasidan koʻchirma.

Imtiyozga ega sportchilar tomonidan topshirilgan ariza va hujjatlar vazirlik tomonidan umumlashtirilib, roʻyxati shakllantiriladi va 15-noyabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan tashkil etiladigan Imtiyozga ega sportchilar hujjatlarini oʻrganish boʻyicha maxsus komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki mazkur tartibda belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozga ega sportchilar talabalikka tavsiya etilmaydi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni 71 kodi bilan 239-24-29 telefon raqami yoki www.minsport.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169