Badiiy gimnastika: Toshkentda “Victory and Sport lifestyle Cup” xalqaro turniri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida 19-20-oktyabr kunlari Oʻzbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida badiiy gimnastika boʻyicha “Victory and Sport lifestyle Cup” xalqaro turniri oʻtkazildi.

Toshkent viloyati hokimiyati, Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi koʻmagida tashkil etilgan musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Estoniya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistonning turli viloyatlaridan 300 nafarga yaqin 4 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar ishtirok etdi.

Mazkur bellashuvlarda yosh ishtirokchilarning harakatlari bosh hakam Z. Abdullayeva va turnir rahbari A.Labutina raisligi ostidagi hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan individual va guruh dasturlari boʻyicha baholandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169