Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchilarimizni mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoyishi eʻlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 25-noyabrdagi “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-4056-son Farmoniga muvofiq sportning Olimpiya va paralimpiya turlari, jumladan joriy yil davomida parapauerlifting (2019-yil 12-20-iyul, Qozogʻiston), eshkak eshish (2019-yil 21-25-avgust, Vengriya), dzyudo (2019-yil 25-31-avgust, Yaponiya), boks (2019-yil 6-22-sentyabr, Rossiya) hamda sport kurashlari (2019-yil 14-22-sentyabr, Qozogʻiston) boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bir guruh sportchilar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Farmoyishga koʻra quyidagi sportchilar:

Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli – boks boʻyicha 91 kg va undan ogʻir vaznda 1-oʻrinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSH dollari;

Zoirov Shahobiddin Shokirovich – boks boʻyicha -52 kg vaznda 1-oʻrinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSH dollari;

Mirzayeva Shaxnoza Shokir qizi – eshkak eshish boʻyicha KL3-200 metr dasturida 1-oʻrinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSH dollari;

Mirzaxalilov Miraziz Mirzakarim oʻgʻli – boks boʻyicha -57 kg vaznda 1-oʻrinni (oltin medal) egallaganligi uchun 12 000 AQSH dollari;

Vardanyan Aram Simonovich – yunon-rum kurashi boʻyicha -72 kg vaznda 2-oʻrinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSH dollari;

Kuziyeva Roʻza Rashidovna – parapauerlifting boʻyicha -61 kg vaznda 2-oʻrinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSH dollari;

Lutfullayev Sharafuddin Rustamovich – dzyudo boʻyicha -60 kg vaznda 2-oʻrinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSH dollari;

Roʻzmetov Dilshodbek Yusupbay oʻgʻli – boks boʻyicha -81 kg vaznda 2-oʻrinni (kumush medal) egallaganligi uchun 6 000 AQSH dollari;

Assakalov Rustam Sixatbiyevich – yunon-rum kurashi boʻyicha -87 kg vaznda 3-oʻrinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay oʻgʻli – yunon-rum kurashi -77 vaznda 3-oʻrinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Boturov Bobo-Usmon Shamsutdin oʻgʻli – boks boʻyicha -69kg vaznda 3-oʻrinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Guliyev Artur Marlenovich – eshkak eshish boʻyicha S2-200 metr dasturida 3-oʻrinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Zokirova Nilufar Obidjon qizi – eshkak eshish boʻyicha S2-200 metr dasturida
3-oʻrinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Mamadaliyev Elyor Muhammadjonovich – eshkak eshish boʻyicha S2-200 metr dasturida
3-oʻrinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Rahimov Hasanboy Ahmadjonovich – erkin kurash boʻyicha 125 kg va undan ogʻir vaznda 3-oʻrinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari;

Rahmatova Dilnoza Bakir qizi – eshkak eshish boʻyicha S2-200 metr dasturida 3-oʻrinni (bronza medali) egallaganligi uchun 3 000 AQSH dollari.

Taʼkidlash joiz, bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019-yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining Respublika kalendar rejasida belgilangan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169