Shaxmat: “Toshkent kuzi-2019” anʼanaviy turniri yakunlandi

Xabar berganimizdek, joriy yil 14-23-oktyabr kunlari Xalqaro shaxmat akademiyasida “Toshkent kuzi-2019” anʼanaviy turnir boʻlib oʻtdi. Musobaqada 200 nafardan ortiq ishtirokchi “A” va “B” guruhlariga boʻlinib dona surishdi. “A” guruhida FIDE reytingiga ega boʻlgan shaxmatchilar, “B” guruhida esa 2006-yil va undan kichik boʻlgan aql-idrok sohiblari qatnashishdi.

Bugun “Toshkent kuzi-2019” oʻz nihoyasiga yetdi. 9 turdan iborat boʻlgan turnir yakunida gʻolib va sovrindorlar pul mukofoti, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga koʻra, musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 7.150.000 soʻmni tashkil qildi.

Quyida “Toshkent kuzi-2019” anʼanaviy turniri gʻolib va sovrindorlari bilan tanishing:

“A” guruhi

1. Doniyor Safarov

2. Umida Omonova (WFM)

3. Humoyun Bekmuratov (CM)

Qizlar

1. Yuliya Xegay

Faxriylar oʻrtasida:

1. Temur Izmaylov

20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida:

1. Asrorjon Omonov

14 yoshgacha boʻlganlar orasida:

1. Umarxon Faxriddinxodjayev

“B” guruhi

1. Abrorbek Abdujabborov

2. Alisher Umurzoqov

3. Jahongir Sobirov

12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida:

1. Nilufar Imomqoʻziyeva

2. Ozoda Toʻraboyeva

3. Samira Anvarbekova

10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida:

1. Saida Oʻrozova

2. Asila Botirbekova

3. Malika Jumayeva

8 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida:

1. Ruhshona Habibullayeva

2. Zebiniso Teshaboyeva

3. Shoxona Abdumannonova

12 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida:

1. Shahzod Saidov

2. Xondamir Elmirzayev

3. Qilichbek Nazrayev

10 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida:

1.Xayriddin Oʻktamov

2. Rustambek Isroilov

3. Musa Majitov

8 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida:

1.Saidkarim Saidazimov

2.Firdavs Abdusamatov

3.Mirsaid Mirpoʻlatov

6 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida:

1.Akbar Allaberganov

2.Sardor Saidov

3.Asilbek Mirzaboyev

Maʼlumot uchun, “Toshkent kuzi-2019” turniri Markaziy shaxmat klubi va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida har yili oʻtkaziladigan turnir hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169