O'zbekistonlik tosh ko'taruvchi Rossiyada Jahon rekordini o'rnatdi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan “Oltin yo‘lbars” xalqaro festivalida o‘zbekistonlik Anton Starostin tosh ko‘tarish bo‘yicha 2 ta yo‘nalishda mutlaq birinchilikni qo‘lga kiritdi va jahon rekordini o‘rnatdi. 

Xususan, u 4 – 6- oktabr kunlari oralig‘ida o‘tgan musobaqada Rossiya xalq tosh ko‘tarish mashqi yo‘nalishida 57,5 kglik toshni 333 marta to‘xtovsiz ko‘targan bo‘lsa, ruscha yo‘nalishda 55 kglik toshni to‘xtovsiz 404 marta ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatdi. 

Qayd etish lozim, Rossiya xalq tosh ko‘tarish mashqi pauerliftingning yangi yo‘nalishi bo‘lib, unda sportchi o‘z vazniga teng toshni to‘xtovsiz ravishda ko‘taradi. Ruscha yo‘nalishda esa xalq mashqi kabi toshni to‘xtovsiz bir necha marotaba ko‘tarishga asoslanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchini mazkur g‘alaba bilan tabriklaydi va kelgusida unga muvaffaqiyat tilaydi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169