Masʼul rahbarlar hududlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholini ommaviy sportga jalb etish borasidagi ishlar yuzasidan hisobot topshirmoqda

Joriy yil 4-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish boʻyicha olib borilgan ishlar natijadorligi va bu borada amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida sohani rivojlantirish yoʻlida bir qator vazifalar belgilab bergan edi.

Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyat hokimliklari sport turlariga ixtisoslashtirish boʻyicha hududiy “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan hisobot taqdim etishni boshladi.

18-19-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan mazkur hisobot-yigʻilishida yurtimizdagi barcha maʼmuriy birliklarda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish borasidagi rejalar taqdim qilinadi. Hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimlari Shavkat Sultonov hamda Asilbek Murtazoyev qabul qilmoqda. Shuningdek, unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, MOQ vitse-prezidenti Saken Polatov va MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulovlar ham ishtirok etmoqda.

Rejaga muvofiq, bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Qolgan hududlarda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar ertangi yigʻilish chogʻida koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Hisobot davomida ayrim hududlarda bu borada olib borilayotgan ishlarga tanqidiy baho berilib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab berildi. Ayniqsa, hududlarda Tokio-2020 olimpiadasiga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgan hamda olimpiada litsenziyalarini qoʻlga kiritish uchun kurash olib borayotgan sportchilarimizning ijtimoiy ahvoliga yanada jiddiy eʼtibor qaratish, terma jamoalarning asosiy tarkibiga zaxira sportchilarni saralab olish masalalariga chuqur eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169