Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karate boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogida yuz bergan holat yuzasidan tegishli choralar koʻrildi

2019-yil 16-oktyabr kuni soat taxminan 17:00larda Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida boʻlib oʻtayotgan karate boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogi musobaqasida nizoli holat kelib chiqqan. Unda musobaqa hakami Boʻriyev Azizbek Eshboyevich, Toshkent viloyati “Chempion” karate sport klubi treneri Yusupov Dilshod Maʼrupovich hamda Surxondaryo viloyati karate milliy federatsiyasi treneri Ismatullayev Abdulaziz Inoyatullayevichlar oʻrtasida musobaqa yakuniy natijasi yuzasidan oʻzaro tortishuv kelib chiqqan. Mazkur kelishmovchilik oqibatida biron bir shaxs tan jarohati olmagan. Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi rayosati yuqoridagi sport mutaxassislariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinladi.

Tekshiruv yakuni yuzasidan Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi hakami Boʻriyev A.E.ni ikki yilga hakamlik ish faoliyatidan chetlashtirish, Surxondaryo viloyat karate milliy federatsiyasi treneri Ismatullayev A.I.ni uch yilga va Toshkent viloyati “Chempion” karate sport klubi treneri Yusupov D.M.ni ikki yilga trenerlik faoliyatidan chetlashtirish haqida qaror qabul qilindi. Musobaqa bosh hakami Qoraboyev Qosimjon Hoshimovichga esa hayfsan eʼlon qilindi.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holat ishtirokchisi, karate boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar milliy terma jamoasi katta treneri hamda oliy toifali trener (2018-yil 19-noyabrdagi 985-sonli buyruq, guvohnoma raqami №0158) Boʻriyev A.E. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga koʻra maʼnaviy-axloqiy va boshqa normalarni buzilganligi sababli milliy terma jamoa tarkibidan chiqarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holatni oʻz nazoratiga olgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169