Taekvondo ITF: bugun vakillarimiz xalqaro turnirda ishtirokini boshlaydi

Joriy yilning 18-20-oktyabr kunlari Azarbajonning Baku shahrida Taekvondo ITF boʻyicha xalqaro turnirda ishtirok etish uchun terma jamoamiz vakillari kecha joʻnab ketishdi.

Jamoamiz Azarbajonga 9 nafar sportchi hamda 3 nafar murabbiy bilan joʻnab ketdi. Bugun ushbu turnirga start beriladi hamda yengil vazn toifasidagi sportchilar chiqishi bilan musobaqa boshlanadi.

Jamoa sportchilari tarkibi quyidagicha:

Alisher Mustafoyev (26 kg)

Mirfayz Rajabov (30 kg)

Feruzbek Oʻktamov (35 kg)

Azizbek Moʻminov (35 kg)

Faruxbek Abdugapurov (32 kg)

Asadbek Akbarov (35 kg)

Navroʻzbek Akobirov (40 kg)

Alibek Babayev (51 kg)

Mahmud Akramov (71 kg) va terma jamoa tarkibidan 1 nafar qiz Farangiz Salimova joy olgan.

Maʼlumot uchun joriy yilning 23-30-avgust kunlari XXI jahon chempionatida ishtirok etib 3 ta (1 ta kumush va 2 ta bronza) medalni qoʻlga kiritgan edi.

Shuningdek, 27-noyabr - 1-dekabr kunlari Belorus poytaxti Minsk shahrida VI jahon kubogi musobaqasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Terma jamoamiz aʼzolari toʻliq tarkib bilan ishtirok etishadi. Ushbu jahon kubogida munosib oʻrin egallash maqsadida jamoa aʼzolari oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlab yuborishgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169