Sambo: JChda 27 ta medalni qoʼlga kiritgan terma jamoamiz umumjamoa hisobida 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi

Poytaxtimiz mezbonligida oʼtgan sambo boʼyicha oʼsmirlar va yoshlar oʼrtasidagi jahon chempionati oʼz yakuniga yetdi. Kecha oʼsmirlar va yoshlar oʼrtasida uchinchi kungi bellashuvlar doirasida 12 ta vazn toifasida gʼolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʼldi.

Kechagi baxslarda -48 kg vazn toifasida Umida Jumaniyozova hamda oʼsmirlardan -87 kg vaznda Suhrob Rajabov jamoamizga oltin medalni taqdim etdi. Shuningdek, vakillarimiz yana 4ta kumush medalga ham sazovor boʼlishdi.

Musobaqa yakuniga koʼra, oʼzbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 4ta oltin, 8ta kumush va 15ta bronza medalini qoʼlga kiritdi. Umumjamoa hisobida esa Oʼzbekiston oʼsmirlar va qizlar terma jamoasi rossiyalik sambochilardan soʼng ikkinchi yaxshi natijani qayd etgan boʼlishsa, 20 yoshgacha boʼlgan qizlar terma jamoasi bu borada kuchli uchlikdan joy oldi.

Umumjamoa hisobida sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kiritgan jamoalar:

Oʼsmirlar (oʼgʼil bolalar)

1. Rossiya

2. Oʼzbekiston

3. Qozogʼiston

Qizlar

1. Rossiya

2. Oʼzbekiston

3. Ukraina

Yoshlar (yigitlar)

1. Rossiya

2. Gruziya

3. Qozogʼiston

Qizlar

1. Rossiya

2. Moʼgʼuliston

3. Oʼzbekiston

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169