Bodibilding: Mixail Volinkin xalqaro turnirda yurtimiz sharafini himoya qiladi

Joriy yilning 17-21-oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida bodibilding boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtadi.

Ushbu turnirda vakilimiz Mixail Volinkin murabbiysi Temur Sobirov bilan ishtirok etadi.

Maʼlumot oʻrnida shu yil 26-sentyabrdan 4-oktyabrga qadar Indoneziyaning Batam shahrida bodibilding, fitnes va mas-restling boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi va ushbu chempionatda vakillarimiz uchta oltin, bitta kumush va uchta bronza, jami 7ta medalga sazovor boʻldi. Norasmiy umumjamoa hisobida vakillarimiz 38 ta davlat orasida faxrli 3-oʻrinni egalladi.

Mixailga ushbu turnirda omad yor boʻlishini tilab qolamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.05.2020 | 18:57
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169