Ikki nafar gimnastikachimiz Tokio-2020 litsenziyalarini qoʻlga kiritishdi

Germaniyaning Shtutgart shahrida sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda. Ushbu dunyo birinchiligi kelasi yil Tokio shahri mezbonlik qiladigan Olimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma berishi bilan yanada ahamiyatli.

Xalqaro gimnastika federatsiyasi ushbu musobaqa arafasida bir qator sportchilarga Tokio Olimpiadasida qatnashish imkoniyatini beruvchi yoʻllanma taqdim etdi. Biz uchun ahamiyatlisi ushbu litsenziantlar qatorida ikki nafar vakilimiz Oksana Chusovitina hamda Rasuljon Abdurahimovning nomlarini ham koʻrishimiz mumkin.

Vakillarimiz dunyo birinchiligida sovrindorlar qatoridan joy ololmagan boʻlsalar ham, oʻzlarining yuksak mahorati bilan xalqaro mutasaddilar eʼtiborida boʻlishdi. Shu tariqa oʻz nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritmoqda.

Bu esa oʻzbek va jahon sporti tarixi uchun ulkan muvaffaqiyat demakdir. Reglamentga koʻra, hamyurtlarimiz kelasi yil Tokio-2020 Olimpiadasida oʻzlari istagan yoʻnalishda ishtirok etishlari mumkin.

Shu tariqa Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgan sportchilarimiz soni hozircha 10 nafarga yetdi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169