«Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostida «ARAL MARATHON» xalqaro ekologik marafoni oʼtkaziladi

2019 yil 17-22 oktyabrь kunlari Oʼzbekistonda birinchi marta «Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostida «ARAL MARATHON» xalqaro ekologik marafoni boʼlib oʼtadi.

Marafon 25 oktyabrь kuni Nukus shahrida Oʼzbekiston Respublikasi hukumati ishtirokida boʼlib oʼtadigan Orolning yuqori darajadagi konferentsiyasi oldidan tashkil etiladi. Tadbir mamlakatimizning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Moʼynoq shaharlarida oʼtkaziladi.

Marafon Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusiga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish va Orolboʼyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb eʼlon qilinishi maqsadida tashkil etilmoqda. Suv resurslarini tejashda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yashil iqtisodiyotni yaratish va atrof-muhitni saqlash uchun kurashish eng samarali usullardir. Hozirda suvning qiymati kun sayin ortib bormoqda.

Haftalik marafon dasturlarining har bir bosqichiga 5 kilometrlik yugurish va barcha hududlardagi hokimliklar tomonidan tashkil etilgan kontsert dasturlari kiradi. Shuningdek, "Biz kelajak uchun javobgarmiz" deb nomlangan yangi ekologik shiorni targʼib qilish uchun oʼquv yurtlarida miting va yigʼilishlar tashkil qilinadi. 22 oktyabrь kuni Moʼynoq shahrida avval dengiz boʼlgan xududda marafonning final bosqichi boʼlib oʼtadi.

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan Jismoniy tarbiya va sport, Ichki ishlar, Mudofaa, Madaniyat vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi, Oʼzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy olimpiya qoʼmitasi, Oʼzbekiston yengil atletika federatsiyasi, Oʼzbekiston Aeronavtika federatsiyasi koʼmagida jamoatchilikning Orol muammosiga eʼtiborini jalb qilish maqsadida platforma yaratildi. Bundan tashqari, ushbu loyiha yoshlarni faol ijtimoiy mavqega jalb qilib, sogʼlom turmush tarzini targʼib va tashviq qilishga hizmat qiladi.

Orol marafonini har yili anʼanaviy tarzda oʼtkazish rejalashtirilmoqda, bu butun dunyoning mintaqamizdagi ekologik muammolarga boʼlgan qiziqishini kuchaytiradi.

Kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosida «Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostida «ARAL MARATHON» xalqaro ekologik marafoni ishchi guruhining yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Uni Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʼrinbosari Oybek Kasimov olib bordi. Yigʼilishda marafonni yuksak saviyada tashkil etish borasida qilinayotgan ishlar va bajarilishi lozim boʼlgan masalalar muhokama qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169