«Bosh vazir kubogi» musobaqalariga qurʼa tashlandi

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 4 sentyabrь kuni «2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʼlib oʼtadigan Olimpiada oʼyinlariga tayyorgarlik koʼrish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish boʼyicha olib borilgan ishlar natijadorligi va bu borada amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar toʼgʼrisida» videoselektor yigʼilishida koʼra vazirliklar, idoralar va xoʼjalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxona va tashkilotlar kesimida bir oy muddatda xodimlarning madaniy saviyasini rivojlantirish, ularni sogʼlom turmush tarziga oʼrgatish, jismoniy tarbiya koʼnikmasini shakllantirish, sportning ommaviyligini taʼminlash, madaniyat klublari va sport toʼgaraklariga keng jalb etish, ular oʼrtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, shu jumladan “Bosh vazir kubogi” musobaqasini oʼtkazish vazifasi ham yuklatilgan edi.

Mazkur topshiriqning ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xoʼjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʼrtasida sportning futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) turlari boʼyicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

“Bosh vazir kubogi” musobaqalarida qatnashish uchun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 150ga yaqin vazirlik, idora, xoʼjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilot taklif etilgandi. Yakunda erkaklar oʼrtasidagi futbol musobaqalarida qatnashish uchun 64ta jamoa talabnoma taqdim etgan boʼlsa, voleybol musobaqalarida ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar soni esa 11tani tashkil qildi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosida musobaqalarga qurʼa tashlash marosimi va matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda vazirlik, Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʼzbekiston voleybol federatsiyasining mutasaddi xodimlari, ishtirokchi jamoalar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab tashkilotchilar ushbu musobaqaning maqsad-mohiyati va oʼtkazilish tartibi haqida qisqacha maʼlumot berishdi. Shundan soʼng voleybol musobaqalariga qurʼa tashlandi.

“Bosh vazir kubogi”. Voleybol (ayollar oʼrtasida)

“А” guruhi:

Oʼzbekiston liberal demokratik partiyasi,

Oʼzbekiston milliy axborot agentligi,

“Oʼzkimyosanoat” АJ

“V” guruhi:

Qishloq xoʼjaligi vazirligi,

Olmaliq togʼ metallurgiya kombinati,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

“S” guruhi:

Issiqlik elektor stantsiyalari АJ

“Oʼzbekiston temiryoʼllari” АJ

Respublika “Mahalla” jamoat fondi

“Sharq” NMАK

Shundan soʼng futbol musoqalariga qurʼa tashlandi. Bu musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni koʼpligi bois oʼyinlar olimpiya tizimida oʼtkaziladigan boʼldi. Yaʼni 64 ta jamoa 1/32 final bosqichidan bahslarga kirishadi. Keyin kuchlilar 1/16 final, 1/8 final, chorakfinal, yarim final va finalda gʼoliblik uchun kurash olib boradi. Qisqasi, musobaqada bosh sovrinni qoʼlga kiritish uchun 6ta oʼyinda gʼalaba qozonish talab etiladi.

“Bosh vazir kubogi” musobaqasi joriy yilning 18-27 oktyabrь kunlari boʼlib oʼtadi. 19-20 oktyabrь kunlari dastlabki bosqich oʼyinlari oʼtkazilsa, 21-22 oktyabrda 1/16 final ishtirokchilari kuchlilarni saralaydi. Futbol oʼyinlari “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli futbol maydonlarida oʼtkazilsa, yarim final va final oʼyinlari mamlakatimizning bosh arenasi – “Milliy” stadionda tashkil etiladi.

Qizgʼin va murosasiz, eng muhimi – doʼstona ruhda oʼtadigan musobaqalar yakunida gʼolib va sovrindorlar medal, diplom, kubok hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
12.11.2019 | 21:44
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169