Sambo: jahon chempionati tantanali ochildi

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston“ sport majmuasida sambo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, shuningdek keng sport jamoatchiligi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar mazkur musobaqaning yurtimizda birinchi marta oʻtkazilishi ushbu sport turining yoshlarimiz orasida yanada ommalashishiga katta zamin yaratishini takidlab oʻtdi.

-Bugungi kunda yurtimizda sambo sport turi bilan muntazam shugʻullanayotganlar soni 15 000 nafardan oshdi. Qolaversa, ularning 10 000 nafardan ortigʻini 6 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar tashkil qilmoqda. Bugun tashkil etilayotgan Jahon chempionatiga jami 38 ta davlatdan 450 nafardan ortiq sportchi tashrif buyurgani qiziqarli bahslarga boy boʻlishidan dalolat bermoqda, - dedi ochilish marosimida soʻzga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov.

Ochilish marosimida yigʻilganlar uchun badiiy chiqishlar tashkil etildi va estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga yanada fayz bagʻishladi.

Bugungi boʻlib oʻtgan bellashuvlarda yoshlar oʻrtasida -40 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Munisa Eshqulova va -75 kg vazn toifasidagi Bakojon Ashurovlar jahon chempioniga aylandi. Shuningdek, sambochilarimiz 2 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
07.12.2019 | 15:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169