Jizzaxda erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda

Ayni kunlarda erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtmoqda. Musobaqaga Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati mezbonlik qilayotir.

Respublikamizning barcha hududlaridan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning ochilish marosimida Jizzax viloyat jismoniy tarbiya sport boshqarmasi boshligʻi Inomjon Tojiboyev soʻzga chiqib, sport sohasiga berilayotgan eʼtibor, sohada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yaratib berilayotgan imkoniyatlar, viloyatdan yetishib chiqayotgan Oʻzbekiston, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindorlari haqida, qolaversa yangidan barpo etilayotgan sport inshootlari, aholi, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish borasida ishlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-martda oʻtkazilgan videoselektor majlisi 12-sonli bayonida belgilab berilgan 5 ta tashabbusning ikkinchi tashabbusi “Yoshlarni jismoniy chiniqishi va sport sohasida oʻz qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish” boʻyicha hududda olib borilayotgan ishlar borasida atroflicha tushunchalar berib oʻtdi va barcha yoshlarni sport maktablarida tashkil etilgan qoʻshimcha toʻgaraklarga taklif qildi.

Yurtimizda erkin va yunon-rum kurashini yanada rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish, oʻquvchilarning harakat faolligini oshirish, ularda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini shakllantirish hamda mamlakat oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga munosib nomzodlarni saralash maqsadida oʻtkazilayotgan bellashuvlar oʻta murosasiz va keskin kurashlar ostida boshlandi. Ayniqsa, chempionatning birinchi kunidan mezbon sportchilar bilan bir qatorda Toshkent, Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda poytaxtlik sportchilar mahorat bobida boshqalardan ustun ekanliklari hamda nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrganliklarini amalda isbotlashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.03.2020 | 18:42
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169