Buxoroda shaxmat-shashka boʻyicha viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

Buxoro shahridagi Nuroniylar maskanida sportning shaxmat-shashka turi boʻyicha “Keksalar haftaligi“ga bagʻishlab keksa va yosh sportchilar oʻrtasida viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Viloyat bosqichida xar bir tuman jamoasidan 3 nafardan sportchi jami 70 dan ortiq nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy oʻtgan viloyat bosqichida 1 oʻrinni Gʻijduvon tumani, 2 oʻrinni Qorakoʻl tumani va 3 oʻrinni Olot tumani shaxmatchilari qoʻlga kiritishdi.

Shashka boʻyicha esa 1 va 3 oʻringacha boʻlgan natijalarni Qorakoʻl, Buxoro va Olot tumanlari egallashdi.

Musobaqa soʻngida gʻolib va sovrindorlar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda “Nuroniylar“ jamgʻarmasi Buxoro viloyat boʻlimi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 16:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169