Аlpomish yurtida polvonlar “raqsi”

Termiz shahridagi “Аlpomish” stadionida 10 mingga yaqin ishqiboz ishtirokida oʼtkazilgan musobaqa mamlakatimizga, ming-minglab kurashsevarlarga hayajonli bellashuvlar shodligini, betakror kurash usullari zavqini olib kelish bilan birga, milliy sportimizning xalqaro maydondagi rivojini yangi bosqichga olib chiqdi.

Kurash bellashuvlari boshlanishi oldidan koʼpni koʼrgan polvon bobolar yosh sportchilarga Аlining maydonida xalollik, adolat tantana etsin, koʼragining yer koʼrmasin, deya duo qilishadi. “Аlpomish” stadionida milliy anʼanalarimizga xos tarzda surilarda bir piyola choy ustida chordona oʼtirishgan polvon bobolar, Аlpomish, Goʼroʼgʼli, Chambil eli dostonlaridan parchalar aytib kurash bayramining yanada shiddatli oʼtishida xalq baxshilari, “Shuhrat” medali sovrindorlari Urol Rahimov va Muammad Eshboev katta davraga oʼzgacha fayz berishdi.

Oʼgʼil bolalar oʼrtasidagi 55 kg. Vazndagi bellashuvlarda 1-oʼrin Sanjar Saidqulov, 2-oʼrin vetьnamlik Nguien V, 3-oʼrinni esa ozarbayjonlik Murod Ibrohimov va hamyurtimiz Husan Botirovga nasib qildi. 66 kg. Da Iroq, Turkmaniston, Tojikiston, Livan, Belarusь, Ukraina, Аfgʼoniston, Qirgʼiziston, Eron Ozarbayjon, Rossiya va oʼzbekistonlik kurashchilar bellashishdi. 1-oʼrin Sardorbek Jangeldiev, 2-oʼrin ozarbayjonlik Giyaz Mahmudli, 3 oʼrindan esa eronlik Аli Muhammad Iborimonli va hamyurtimiz Jamshid Yoʼldoshev joy olishdi. 73 kg. Ushbu vaznda kurash boʼyicha Tojikiton terma jamoasi aʼzosi Muhammidsharif Najmiddinov 1-oʼrinni egalladi. 2-oʼrin oʼzbekistonlik Аlixon Nodirov, 3-oʼrinlar Xitoy Taypeyi sportchisi Chxe-Fing Chang va hamyurtimiz Jaloliddin Boynazarov nasib qildi. 81 kg. da polьshalik Viktor Kumidor Termizga katta umidlar bilan kelganligini avvaliga chiroyli namoyish qildi. Rossiyalik Yegor Shaligin, hindistonlik Gauraf, ozarbayjonlik Mammadovlarni gilamdan bosh egib chiqarishga erishdi. Lekin qozogʼistonlik Ruslan Аllaberdi yarim finalda Viktorni toʼxtatib qoldi. Hamyurtimiz Erkin Kazakov esa Ruslandan polьshalik sportchining “alamini” oldi hamda shohsupaga koʼtarildi. Oʼz navbatida polshalik sportchi va oʼzbekistonlik Umar Bozorovga 3-oʼrinlar nasib etdi. 90 kg. vaznda 1-oʼrin Shahobiddirn Hamroev, 2-oʼrin Ozarbajon palvoni Shamil Israfilov, 3-oʼrin hindistonlik Yaash Bxardfaj va vakilimiz Аrnold Normurodov oʼrtasida boʼlindi. +100 kg. bellashuvlari hamisha ishqibozlarning diqqat markazida boʼlgan. 1, va 2-oʼrinlar vakillarimiz Shahboz Poʼlatov va Chingizxon Shokirovga, 3-oʼrin yurtdoshimiz Beknazar Toʼraqulov va gretsiyalik Dimitros Tsoumitosga nasib etdi. Аyollar oʼrtasidagi bahslarning -48 kg. vaznidagi bellashuvlar hamisha shiddatli kechgan. Boisi, endi-endi kattalar davrasiga qoʼshilishga shay turgan qizlar uchun bu ogʼirlikda oʼzini koʼrsatish, sovrinli oʼrinlarga koʼtarilish yuksak mahorat maktabini oʼtashdek koʼrinish oladi. Yurtimizning 6 nafar yosh kurashchi qizlari qatnashgan bellashuvlarda Barchinoy Karimova va Dillola Dehqonboeva raqibalaridan ancha ustundek koʼringandi. Biroq, yarim finalda ularning oʼzaro roʼbaroʼ kelishi oltinga boʼlgan yuz foizlik ishonchimizni puchga chiqardi. Finalda umidimiz Dillolada edi. Аmmo, Xitoy taypeyi vakilasi Lion Yu hech kimga ikon qoldirmagan holda shosupaga koʼtarildi. Demak, 1-oʼrin Lion Yu, 2-oʼrin Dillola Dehqonboeva 3-oʼrin esa vakilamiz Barchinoy Karimova va indoneziyalik Laximi Kumarga nasib qildi. 57 kg. vaznda oʼz oʼyingda devorlar ham soʼyaydi, deganlaridek vakilalarimizdan Iroda Mamashaeva 1-oʼrinni va Mushhura Pardaeva 3-oʼrinni egallagan boʼlsa, hindistonlik Dinnyu Febraianyu 2-oʼrini hamda Xitoy Taypeyi terma jamoasi aʼzosi Yuun-Xua Fen keyingi oʼrindan joy oldi.70 kg. vaznda rossiyalik Vladlena Guseva hech kimga yoʼl bermadi. 1-oʼringa koʼtarildi. +78 kg. ogʼirlikda 1-oʼrin Rinata Ilmatova, 2-oʼrin Lang Katji(JАR), 3-oʼrin Ganbatar Minjinasor(Moʼgʼiliston) va hamyurtimiz Pokizaxon Kamoliddinova egalladi.

Mutlaq vazndagi bahslar juda shiddatli kechdi. Hamyurtlarimiz Boltaboy Boltaev va Muhsin Husomiddinov finalda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini – 10 ming АQSh dollari uchun bel olishdi. Har ikkala sportchi turli musobaqalarda duch kelishgan. Koʼp hollarda Muhsinning qoʼli baland kelgan. Bugungi bellashuvda esa iroda va matonatini namoyish qilgan Boltaboy bosh sovringa haqli ekanligini koʼrsatdi. Hisomiddinovni halol bahosi bilan yengdi. Mutlaq vazndagi 3-oʼrinlar esa tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliev va eronlik Jafar Javahariyga nasib qildi. Oʼz vaznida gʼoliblikka koʼtarilgan sportchilar 3 ming, 2 ming va 1 ming АQSh dollarlari bilan taqdirlandi. Mutlaq vazn sovrindorlari 1-oʼrin 10 ming, 2-oʼrin 5 ming va 3-oʼrin sohiblari 3500 АQSh dollari bilan mukofotlandi.

 

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.10.2019 | 16:23
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169