Oʻzbekistonda birinchi xalqaro sport sammiti boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 4-5-6-oktabr kunlari Boʻstonliqdagi “Yoshlar oromgohi”da Oʻzbekistondagi birinchi Xalqaro sport sammiti — “International sport summit” boʻlib oʻtadi.

Ushbu sammitda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha sportchilar va jurnalistika, innovatsiyalar, turizm va biznes sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda. Qatnashuvchilar shu yilning 1-avgustidan boshlab topshirilgan arizalarni saralash yoʻli bilan sammitga taklif etilgan.

Xalqaro sport sammiti oʻz ishini “Tokio olimpiadasiga sportchilarni jismoniy va psixologik tayyorlash”, “Biznes va innovatsion gʻoyalar”, “Turizm va sport jurnalistikasi” yoʻnalishlarida olib boradi. Uch kun davomida har bir ishtirokchi oʻzining yoʻnalishi, gʻoyasi, mavzusi boʻyicha 3 daqiqalik chiqish qiladi. Va oʻzlarining gʻoyalari boʻyicha muammoga yechim tariqasida taklif kiritadi. Har bir ishtirokchi chiqishidan soʻng savol javob va taklif mulohazalarga navbat beriladi.

Ushbu sport sammitini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sportchilarni jahon, olimpiada maydonlaridagi natijalar koʻrsatishdagi kurash uchun jismoniy tayyorgarlik bilan birgalikda ilmiy yondashish, sportchilarni yuqori natijalarni zabt etishlari uchun uch kuchli yoʻnalish bilan har tomonlama tarbiyalash.

Yoʻnalishlar boʻyicha oʻz sohasining taniqli yetuk mutaxassislari jalb etilgan. Ular sessiya davomida qatnashchilarni kuzatib, baholab, saralab borish bilan birgalikda oʻzlarining takliflarini ham berib boradilar. Eng yaxshi ishtirokchi, gʻoya muallifi, notiq, jurnalist ham shu yoʻsinda aniqlanadi.

Sammit qatnashchilari xalqaro darajadagi sertifikat va sovgʻalar bilan taqdirladi.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
29.03.2020 | 12:48
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169