Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan besh tashabbusning ikkinchisi - sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarni chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga yoʻnaltirilgani hech kimga sir emas. Mazkur tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Bugun Termiz IOZMIda boks boʻyicha jahon chempioni Bahodir Jalolov hamda oʻquvchilar oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuv ham shular jumlasidan. Tadbirda Bahodir Jalolov oddiy oʻquvchilikdan tortib to chempionlikkacha bosib oʻtgan yoʻli, egallagan tajribasini oʻquvchilar bilan oʻrtoqlashdi. Davra ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olganlaridan soʻng, chempion ular uchun mahorat darslarini oʻtib berdi.
Taʼkidlash joiz, tadbir Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
Sport sohasida yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Elektron pochtangizni kiriting va bizning yangiliklarimiz hamda foydali maslahatlarimizga to'g'ridan to'g'ri saytimiz orqali obuna bo'ling:
16.01.2021 | 22:39